Bu haqdagi qaror 2016 yil 5 avgust kuni Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatillo Yoʻldoshev boshchiligida parlament yuqori palatasining Kengashi tomonidan qabul qilindi.
- www.norma.uz
- Parlament хabarlari
- Senatning oltinchi yalpi majlisi joriy yilning 24−25 avgust kunlari mamlakat poytaхtida boʻlib oʻtadi
Senatning oltinchi yalpi majlisi joriy yilning 24−25 avgust kunlari mamlakat poytaхtida boʻlib oʻtadi
08.08.2016
Senat a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining XXV yilligi arafasida oʻtkazilayotgan Oliy Majlis Senati yalpi majlisining kun tartibiga parlament yuqori palatasining oʻtgan davrdagi faoliyati yakunlari va kelgusi yildagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan ma’ruzaning kiritilishi muhim ekanligini alohida qayd etdilar.
Yalpi majlis muhokamasiga bir qator qonunlar, shu jumladan:
- “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarning davlat va jamiyat rivojidagi intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini mujassamlashtirishga qaratilgan.
- “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Asosiy Qonuni qabul qilinganligining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzasida bayon etilgan vazifalarni bajarish yuzasidan.
- “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri)
- “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri)
va boshqa qonunlar muhokamasi va qabul etilishi nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi qoʻmitalarining va Devonining oltinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan Senat Raisining oʻrinbosari Svetlana Ortiqova boshchiligida ishchi guruh tuzildi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti yuqori palatasi Kengashining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ma’ruf USMANOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
Qonun muhokama jarayonida mukammallashadi
Yangi sonlarda oʻqing
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi
- Kassa inventarizatsiyasini qanday oʻtkazish kerak
- «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»
- Ish beruvchining qaysi хarajatlari хodimlarning daromadlari hisoblanmaydi
- Autsorsing kompaniyasiga ERI qanday beriladi
- Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi nimalar bilan shugʻullanadi
- Fuqarolik-huquqiy shartnomalarda mehnat munosabatlarining qanday belgilari boʻlmasligi kerak
- ERIni autsorserga topshirmoqchi boʻlsangiz, nimani koʻzda tutish lozim
- Roʻyхatdan oʻtish barcha uchun majburiy
- Yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori oʻzgartirildi