Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni

25.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Ushbu sana 2020 yil 23 noyabrdagi OʻRQ-648-son Qonun bilan belgilandi.

 

Eslatib oʻtamiz, hujjat joriy yil 10 noyabrda Qonunchilik palatasi hamda 20 noyabrda Senat tomonidan qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun: kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – oʻz a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,5 ming boshlangʻich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud, kasaba uyushmalariga a’zolarning soni 5,5 mln dan ortiq boʻlib, ulardan 2,5 mln dan ziyodi ayollar va 2 mln dan ziyodi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar hisoblanadi.

 

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi. Bu bilan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish kutilmoqda.  

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 24.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.