Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

1.01.2018 yildan boshlab alkogol uchun eng kam narхlar oshadi

04.01.2018

 

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan  2017 yil 29 dekabrda 2959-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqildi.

 

2018 yil 1 yanvardan boshlab 1 litr alkogolli mahsulot (pivodan tashqari) quyidagi qiymatdan past narхda sotilishi mumkin emas:

 

Sotilayotgan tovarning nomi

Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi

Eng kam chakana narх

2017 y.

2018 y.

Oʻsish %da

2017 y.

2018 y.

Oʻsish %da

Vino

5 400

6 500

20,37%

6 500

7 800

20%

Konyak

17 200

22 000

27,9%

20 600

26 400

28,15%

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar

12 900

16 000

24,03%

15 500

19 200

23,87%

 

Ma’lumot uchun: alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar 2010 yildan Vazirlar Mahkamasining 23.12.2009 yildagi 327-son qarori bilan joriy etilgan. Maqsad – alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish. Shu usul bilan vijdonsiz past sifatli alkogol ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar vijdonli  ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan teng raqobatli sharoitlarga qoʻyiladi.

 

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalarining (16.03.2007 yildagi PQ–605-son qarorga 2-ilova) 15-bandi va  Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari (13.02.2003 yildagi 75-son VMQga 1-ilova) 60-bandiga muvofiq yuqorida koʻrsatilgan narхdan past narхda alkogol sotish taqiqlanadi.

 

Jazo:

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

Samir Latipov.