29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksga (JPK) shunday oʻzgartishlar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, JPKning 13-moddasi jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda koʻrib chiqish prinsipini belgilaydi. Hozir ular, jinoyatning ogʻirligiga qarab, birinchi instansiya sudi tomonidan quyidagicha koʻriladi:
- bitta professional sudya (raislik qiluvchi) va ikkita хalq maslahatchisi tarkibidagi hay’atda – ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar;
- sudya tomonidan yakka tartibda – ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar.
1.04.2018 yildan keyin ogʻir jinoyatlar birinchi instansiya boʻyicha bitta professional sudya tomonidan, ya’ni yakka tartibda koʻriladi. Xalq maslahatchilari faqat oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga jalb etiladi.
Ma’lumot uchun. Birinchi instansiya sudi – har doim ham jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi boʻlavermaydi. JPKning 389-moddasiga muvofiq bir qator jinoyatlar tarkiblari boʻyicha Qoraqalpogʻiston jinoyat ishlari sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, hatto Oliy sud ana shunday sud boʻlishi mumkin.
Bunda Oliy sud birinchi instansiya boʻyicha jinoyat ishlarini doim 3 nafar sudya tarkibida koʻrib chiqadi.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.04.2018 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.
Samir Latipov.