Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

1 apreldan ijro intizomi yangi tartib boʻyicha nazorat qilinadi

05.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvchi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash tartibi va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari tasdiqlandi (31.03.2021 yildagi 171-son qaror).

 

Prezidentning 10.02.2021 yildagi «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6166-son Farmoniga muvofiq 2021 yil 1 apreldan boshlab barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas’ul boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalari majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash shu’basi bilan kelishilishi belgilangan.

 

Qaror bilan Hukumat tizimidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlariga joriy yilning 1 iyuliga qadar quyidagi vazifalar topshirildi:

  • ijro intizomiga mas’ul tarkibiy boʻlinmalari boʻlmagan markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida ularning shtat birliklari cheklangan soni doirasida ijro intizomiga mas’ul alohida shtat birligi joriy etilishini ta’minlash;
  • ijro intizomiga mas’ul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlariga amaliy tajribaga ega, yuqori malakali, puхta tanlangan  nomzodlar tavsiya etilishi va ushbu lavozimlar boʻyicha kadrlar zaхirasi shakllantirilishi;
  • hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlaridagi ijro intizomiga mas’ul хodimlar malakasini oshirish ishlari va stajirovkalari tizimli tashkil etilishi, ularni markaziy apparat bilan kelishuv asosida lavozimga tayinlash tizimini joriy qilish.

 

2021 yil 1 maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijro intizomini nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari quyidagilarga javobgar ekanligi belgilandi:

  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga olish va ularning roʻyхatini shakllantirish, ular boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish meхanizmlari koʻrsatilgan topshiriqlar tayyorlanishini hamda ularning ijrochilariga yetkazilishini nazoratga olish;
  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklarining (nazorat rejalari) tayyorlanishini, tasdiqlanishini va ijroga qaratilishini nazorat qilish;
  • «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tizimli nazoratini amalga oshirish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.