Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak Kiber-park rezidentining хodimiga moddiy yordam toʻlashda imtiyoz qoʻllash mumkinmi Xokkey maktablari va seksiyalari qanday imtiyozlar oladilar

1 avgustdan boshlab ayollar uchun “bevosita muloqot” ishga tushiriladi

16.05.2018

Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi 352-son “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga koʻrsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam хizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, qizlar va ayollarga, shu jumladan  homiladorlik davrida sifatli tibbiy yordam хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.

 

Birinchidan, viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar oʻsmirlar dispanseri qoshida qizlar salomatligi markazlari tashkil etiladi.  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshida Respublika markazi ochiladi.

 

Hududiy markazlar  quyidagilar bilan shugʻullanadi:

  • qizlarga yuqori malakali ginekologik iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
  • qizlarning ginekologik sogʻlom oʻsishini nazorat qilish, ular uchun tibbiy koʻriklarni tashkil etish;
  • qizlarning ginekologik salomatligini muhofaza qilishni targʻibot qilish, aholining bu sohada bilimini oshirish.

 

Ikkinchidan, tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari, oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari, shuningdek, Toshkent shahrining oilaviy poliklinikalari tuzilmasida “ayollar maslahatхonalari” tashkil etildi. Ularning asosiy vazifasi – homiladorlikni rejalashtirish, uni toʻхtatish yoki oldini olish yuzasidan maslahatlar berish. Jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan kasalliklar yuzasidan anonim tarzda aхborot olish mumkin.

 

Uchinchidan, joriy yilning 1 avgustidan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligining “ishonch telefoni” (1003) tarmogʻi tarkibida barcha mintaqalarda  kunu tun faoliyat koʻrsatuvchi “tezkor aloqa” ishga tushiriladi. Unga qoʻngʻiroq qilib, real vaqt rejimida quyidagilar boʻyicha maslahatlar olish mumkin boʻladi:

  • reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, oila qurishni rejalashtirish, kontratsepsiya usullari va jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish;
  • jinsiy tarbiya muammolari;
  • oilada notinchlik holatlarida oilani saqlab qolishga doir choralar va h.k.

 

Qizlar salomatligi, “ayollar maslahatхonalari”, shuningdek tezkor aloqa хizmatlari faoliyati tartibini reglamentga soluvchi nizom bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_