Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

1 avgustdan import qilinadigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi

04.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan 2020 yil 3 iyunda PQ-4739-son tegishli qaror imzolandi deb ma’lum qilinadi Adliya vazirligining Telegram-kanalida.

 

2020 yil 1 avgustdan quyidagilarni olib kirishda amaldagi aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi:

 

  • traktorlar, shatakka oluvchi mashinalar va skidderlar (8701-guruh TIF TN kodi) – hozir ularga aksiz soligʻi 5%dan 20%gacha miqdorda belgilangan;

 

  • dvigatel hajmi va sigʻimi turlicha boʻlgan motorli transport vositalari, shu jumladan dizel va yarim dizellar (8702-guruh) – hozir 70%+$3/sm3 stavkasi boʻyicha soliq solinadi;

 

  • asosan yoʻlovchi tashishga moʻljallangan yengil avtomobillar va boshqa motorli transport vositalari, shu jumladan yuk va yoʻlovchilarni tashish uchun furgonlar va poyta avtomobillari (8703-guruh) – 30%;

 

  • yuk tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari (8704-guruh), ayni paytda ular boʻyicha dvigatel hajmi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan stavkalar amal qiladi.

 

Qaror ichki avtomobil bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, raqobat sharoitlarini yaratish, avtomobil sanoatida maqbul investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida qabul qilingan.