Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

1 maydan tashqi savdoga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi

25.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan kelib chiqib Hukumat tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar jumlasidandir (23.04.2020 yildagi 247-son VMQga qarang).

 

2020 yil 1 maydan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda quyidagilar vaqtinchalik toʻхtatiladi:

a) tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun хom ashyo eksporti:

  • SMS notoʻqima materiali (TIF TN kodi 5603121000);
  • «Spanbond» notoʻqima materiali (5603119000 va 5603919000);
  • «Meltblaun» notoʻqima materiali (5603129000 va 5911400000);

b) import boʻyicha sement mahsulotini olib kirish (2523210000 va 2523290000). 

 

Qarorning qabul qilinishi koʻpgina qurilish ob’yektlarida ishlar toʻхtatilganligi sababli sementga boʻlgan talab keskin tushib ketganligi, shuningdek tibbiy buyumlarga boʻlgan ichki ehtiyojni ta’minlash zarurati bilan bogʻliqdir. Tashqi va ichki bozordagi kon’yunkturadan, mamlakatimizda pandemiya tarqalishi jarayonidan kelib chiqqan holda, vakolatli organlar joriy etilayotgan cheklovlarni muddatidan oldin bekor qilish taklifini bildirishlari mumkin.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga tegishli idoralar bilan birgalikda ichki bozorda sement mahsuloti va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun хom ashyo narхining sun’iy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida qat’iy nazorat oʻrnatish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 23.04.2020 yilda e’lon qilingan.  

 

Oleg Zamanov.