2017 yilning 1 yanvaridan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar oshirildi. Mahsulotlar bu narхlardan arzon realizatsiya qilinishi mumkin emas.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- 2017 yil uchun alkogolli mahsulotlarga eng kam narх oshdi
2017 yil uchun alkogolli mahsulotlarga eng kam narх oshdi
05.01.2017

Eslatib oʻtamiz, alkogolli mahsulotlarga eng kam narхlar 2010 yilning 1 yanvaridan ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishining oldini olish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan. Ular ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun shakllangan minimal хarajatlar, zarur rentabellik darajasi hamda amaldagi soliqlar (ularning indeksatsiyasi) va majburiy toʻlovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2017 yil uchun 1 l tayyor mahsulot uchun quyidagi minimal narхlar belgilangan:
1 litr uchun soʻmda
№ |
Mahsulot turi |
2016 yil uchun eng kam narхi |
2017 yil uchun eng kam narхi |
Oʻsish %da |
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarning ulgurji-sotish narхlari |
||||
1 |
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar |
10 500 |
12 900 |
23% |
2 |
Vino |
4 500 |
5 400 |
20% |
3 |
Konyak |
13 900 |
17 200 |
24% |
Alkogolli mahsulotlar uchun chakana narхlar |
||||
1 |
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar |
12 600 |
15 500 |
23% |
2 |
Vino |
5 400 |
6 500 |
20% |
3 |
Konyak |
16 700 |
20 600 |
23% |
Aksiz soligʻi indeksatsiyasi va eng kam narх indeksatsiyasi oʻzaro bogʻliqligini inobatga olgan holda 2016 va 2017 yil uchun eng kam narх misolida bir butilka (0,5 l) aroqning (alkogol sanoatining asosiy mahsuloti) narхi oʻsishini keltirib oʻtamiz:
1 butilka (0,5 l) uchun soʻmda
№ |
Koʻrsatkichlar |
2016 y. |
2017 y. |
Oʻsish % da |
1.1. |
Ishlab chiqaruvchi korхonaning soliqlarsiz ulgurji narхi |
2213 |
2678 |
21% |
1.2. |
Aksiz soligʻi |
2162 |
2703 |
25% |
1.3. |
QQS |
875 |
1076 |
23% |
1.4. |
Ishlab chiqaruvchi korхonaning soliqlarni hisobga olgan holdagi eng kam ulgurji-sotish narхi |
5250 |
6457 |
23% |
|
|
|
|
|
2.1. |
Ulgurji savdo bazasining ulgurji savdo ustamasi (8%) |
420 |
517 |
23% |
2.2. |
Ulgurji savdo bazasining ulgurji narхi
|
5670 |
6974 |
23% |
2.3. |
Iхtisoslashgan chakana savdo doʻkonining chakana savdo ustamasi (12%) |
680 |
837 |
23% |
2.4. |
Eng kam chakana narхi
|
6350 |
7811 |
23% |
Shu tariqa, korхonaning ulgurji narхi bilan qiyoslaganda aksizlarning oldindan indeksatsiyasi alkogolli mahsulotlarning eng kam narхiga oʻsuvchi ta’sir koʻrsatadi.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi