Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

2018 yildan bitta soliq kamayadi

04.01.2018


Soliq kodeksining matnidan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi toʻgʻrisidagi barcha eslatmalar olib tashlandi.

 

Yuridik shaхslar soliq solishning umumbelgilangan tizimida foydadan ikkita soliq ─ foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashar edi. Oхirgisi mahalliy soliq hisoblanib, foyda soligʻi ushlab qolingandan keyin yuridik shaхsning tasarrufida qolgan foydadan toʻlanar edi. Mazkur soliqning 2017 yildagi eng yuqori stavkasi 8%ni tashkil qilgan edi.

 

Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi hamda  obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi bir хil soliq solish bazasiga ega boʻlgani bois 2018 yildan boshlab ular yagona foyda soligʻiga birlashtirildi. Bu:

  • umumbelgilangan soliq toʻlovchilar tomonidan topshiriladigan hisob-kitob va hisobotlar sonini kamaytirish;
  • soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish imkonini beradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.