Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

2020 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi

27.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi 25.06.2019 yildagi «Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 522-son qarorni qabul qildi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni toʻldirishlari shart.

 

DSQ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida 2018 yil noyabr – 2019 yil iyun oylarida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirish boʻyicha tajriba oʻtkazdi (26.06.2018 yildagi PQ–3802-son; VMning 6.10.2018 yildagi 807-son qarori).

 

Uning natijalari ma’qullanib, VMning 522-son qarori bilan:

  • 2019 yil 1 iyuldan boshlab EHFdan foydalanish iхtiyoriy, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa majburiy ekanligi belgilandi;
  • DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» davlat unitar korхonasi elektron hujjatlarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish boʻyicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi;
  • Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1-ilova) tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

VMning 522-son qarori bilan buxgalter.uz saytida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Jorilla Abdullayev, «Norma» MChJ yetakchi eksperti.