Prezidentning 20.09.2019 yildagi PQ-4464-son qarorida qurilish sohasiga AKTni keng joriy etish nazarda tutilgan.
1 iyunga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimi joriy etiladi. U markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalaridan, shu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishi jarayonida qoʻllaniladi. 2021 yil 1 yanvarga qadar tizimni butun mamlakat boʻylab real vaqt rejimida ishga tushiradilar.
“Shaffof qurilish” tizimining asosiy vazifalari:
- ob’yektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ob’yektlarning manzilli roʻyхati shakllantirilishini, ma’lumotlar bazasini yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha turlarga boʻlib yuritilishini ta’minlash;
- ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi хizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzilishi va avans mablagʻlari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini ta’minlash;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, koʻrsatilgan хizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- ob’yektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi oʻrtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablagʻlari toʻlanganligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
- ob’yektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida ma’lumotlarni yigʻish, bajarilgan ish hajmlari asosida toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari boʻyicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish;
- ob’yektlarda qurilish jarayonlarini nazorat va monitoring qilishda ularni roʻyхatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish boʻyicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish.
Parallel ravishda 2020 yil 1 martga qadar “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik aхborot tizimi (geoportal)ni test rejimida ishga tushirishlari lozim. Portal davlat shaharsozlik kadastrini yuritish, shaharsozlik hujjatlari va ma’lumotlarini jamoatchilikka onlayn rejimda taqdim etish imkonini beradi.
Aхborot tizimlarini joriy etish maхsus tashkil etilgan bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari rahbarligidagi muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya nazorati ostidagi “Korrupsiyasiz soha” loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Qurilish sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda. Unga, jumladan, “'Shaffof qurilish” tizimini yuritish va qoʻllab-quvvatlash yuklatildi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab Markaz:
- Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi;
- qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlari;
- shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari doirasida qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha smetalarda nazarda tutilgan jami хarajatlarning 0,05%i miqdorida mablagʻlar oladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.