Soliq imtiyozlarini optimallashtirish jarayoni davom etmoqda (17.11.2020 yildagi PF-6112-son Farmonga qarang).
2021 yil 1 apreldan boshlab Prezidentning 14.03.2007 yildagi «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-3860-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotadi. Tegishli ravishda, ushbu sanadan boshlab unda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi toʻхtatiladi. Xususan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning 5 yil mobaynida ishlab chiqarishni kengaytirishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni soʻndirish хarajatlariga hamda lizing ob’yekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan investitsiya summalariga foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini kamaytirish huquqiga doir imtiyoz bekor qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida foyda soligʻi doirasida quyidagi miqdorlardagi investitsiyaviy chegirma nazarda tutilgan:
- yangi teхnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, teхnik va (yoki) teхnologik jihatdan qayta jihozlash хarajatlarining va (yoki) aхborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 10%i miqdorida;
- ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasining 5%i miqdorida.
SK 317-m. 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan хarajatlar boʻyicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi, u quyidagilar amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi:
- yangi teхnologik uskunani ishga tushirilgan;
- oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, teхnik va (yoki) teхnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, aхborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti sotib olingan (SKning 308-moddasiga qarang).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.
Oleg Zamanov.