Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

2023 yilda qaysi kunlar dam olish kunlari boʻladi

26.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident 23.12.2022 yildagi «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF-270-son Farmonni imzoladi.

 

Hujjat bilan barcha хodimlar uchun quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanmoqda:

  • 2 yanvar – dushanba;
  • 30 iyun – juma.

 

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun:

  • 3 yanvar – seshanba;
  • 20 mart – dushanba;
  • 22 mart – chorshanba;
  • 24 aprel – dushanba;
  • 1 iyul – shanba;
  • 2 sentyabr – shanba;
  • 30 dekabr – shanba.

 

2023 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun quyidagi dam olish kunlari koʻchiriladi: 

  • 7 yanvar (shanba) kunidan 3 yanvar (seshanba) kuniga;
  • 11 mart (shanba) kunidan 20 mart (dushanba) kuniga;
  • 25 mart (shanba) kunidan 22 mart (chorshanba) kuniga;
  • 29 aprel (shanba) kunidan 24 aprel (dushanba) kuniga.