Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha topshiramiz

07.11.2024

Rus tilida oʻqish

4 noyabrda BHMS va MHXS boʻyicha tayyorlangan moliyaviy hisobot shakllari – Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (04.11.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 3567-son) tasdiqlandi. Nizom 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ya’ni 2024 yil uchun moliyaviy hisobot yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi.

 

Nizom moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini belgilaydi:

  • BHMS boʻyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay topshiriladi. Ilgari moliyaviy hisobot 15 fevraldan kechiktirmasdan taqdim etilardi. Endi muddat – qulayroq, chunki u Foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish muddati bilan mos keladi;
  • MHXS boʻyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.

 

BHMS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllari davlat tilida qayta koʻrib chiqildi va tasdiqlandi. Uning tarkibida:

1) Buхgalteriya balansi (Nizomga 1-ilova);

2) Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-ilova);

3) Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot (3-ilova);

4) Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (4-ilova);

5) Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

 

Davomini buxgalter.uzda oʻqing.