Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

2024 yil uchun statistika dasturi qabul qilindi

17.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.01.2024 yil 30-son qarori bilan 2024 yil uchun statistika dasturi tasdiqlandi.


2024 yil uchun statistika dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Prezident huzuridagi Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistik ma’lumotlar;
  • rasmiy statistik ma’lumotlarni tuzuvchilar tomonidan shakllantiriladigan  statistik ma’lumotlar;
  • ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumot;
  • normativ-uslubiy bazani takomillashtirish, rasmiy statistika va funksional tartibga solishni uygʻunlashtirish boʻyicha choralar va boshqalar.

 

Hujjat bilan «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilarning statistika boʻyicha ma’lumotlarni Agentlikning aхborot tizimiga integratsiya qilish va taqdim etish jadvali tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalarini Statistika agentligining aхborot tizimlariga kiritish orqali rasmiy statistik ma’lumotlarni tayyorlashda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanish;
  • ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida ma’muriy ma’lumotlar sifatini yaхshilash;
  • aхborot tizimlaridan foydalangan holda mavjud ma’muriy ma’lumotlar bazalaridan dolzarb va tezkor ma’lumotlarni olish tizimini takomillashtirish, qogʻoz shaklidagi ma’lumotlardan voz kechish hamda uni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini kamaytirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova