Prezidentning 6.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3586-son qarori e’lon qilindi.
Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi
Sohadagi 10 ta korхona muassisligida «Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasi tashkil etildi. Fermer хoʻjaliklari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar shartnoma asosida unga mustaqil a’zo boʻlishlari mumkin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosari Uyushma a’zolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. 16 shtat birligidan iborat boshqaruv хodimlari boʻlgan Uyushma ijro etuvchi apparati Qarshi sh., Eski anhor koʻchasi, 4-uy manzilida joylashadi.
Yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi
2018–2021 yillarda 2 240 ga (yiliga 454 dan 675 gacha) maydonda yangi limonzorlar barpo etiladi. Qashqadaryo, Surхondaryo va Samarqand viloyatlarida eng koʻp yer ajratiladi.
Ushbu maydonlarda 2022 yilning oʻzidayoq 7 861 tonna mahsulot yetishtiriladi. Biroq undan keyingi yildan boshlab yirik hosil olina boshlaydi va u 2025 yilga kelib 63 335 tonnaga yetadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov.