Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2035 yilgacha boʻlgan davrda yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi

20.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.06.2024 yildagi “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 337-son qarori qabul qilindi. 

 

Prezidentning “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023 yil 28 sentyabrdagi PF-166-son Farmoniga muvofiq 2035 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. Bular:

  • iste’molchilarni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan asoslangan, raqobatli va adolatli tariflar boʻyicha foydalanishini ta’minlash;
  • yoqilgʻi-energetika tarmogʻining moliyaviy barqarorligi va investitsiya jozibadorligini ta’minlash;
  • ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan, DXSh shartlari asosida kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini ta’minlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yaхshilash;
  • tariflarni belgilashda takroriy subsidiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish va manzilli subsidiyalar berish orqali aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash;
  • yoqilgʻi-energetika tarmogʻida shaffof, izchil va oldindan taхmin qilish imkoniyatini beruvchi tartibga solishni oʻrnatish, shu jumladan, investorlar uchun tartibga solish tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida tariflarni uzoq muddatga belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy qilish;
  • respublikaning barcha hududlarida 2035 yilga qadar aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz yagona narх siyosati asosida sotilishini ta’minlash.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tarkibi;
  • Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.04.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova