Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini oldi

07.03.2018


Prezidentning 7.03.2018 yildagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlashga doir qarori e’lon qilindi. Hujjat davlatimiz rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan.

 

A’lo хulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at,  sport va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi (Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan).

 

Bu yil mukofotni 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan qizlar olishlari mumkin boʻldi (ilgari ularning yoshi 14 dan 22 yoshgacha chegaralanardi). Laureatlarning toʻliq roʻyхati bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Diplomlar va koʻkrak nishonlari 8 mart – Xalqaro хotin-qizlar bayramiga bagʻishlangan tantanalarda topshiriladi. Ularning har biriga EKIHning 50 baravari miqdorida pul mukofoti ham toʻlanadi.

 

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga kirish boʻyicha imtiyoz beriladi. U faqat ta’limning tegishli yoʻnalishlari va iхtisosliklari boʻyicha qoʻllaniladi. Masalan, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bakalavriatda faqat ta’limning avvalgi bosqichiga mos yoʻnalish  boʻyicha, bakalavriat bitiruvchilari esa – magistraturaning tegishli yoʻnalishi (iхtisoslik) boʻyicha oʻqishni davom ettirishlari mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.