Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

63 kompaniyadagi davlat ulushi sotiladi, 295 sub’yekt tugatiladi

26.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 800-son qarorida nazarda tutilgan.

 

63 ta jamiyatdagi davlat aksiyalari (ulushi) paketi ustuvor huquqlar qoʻllanmagan holda ommaviy savdolarga qoʻyiladi. Mazkur holatda ularning boshlangʻich bahosi quyidagilarga teng boʻladi:

  • ushbu kompaniyalarning sof aktivlari ulushiga mutanosib ravishda;
  • nominal qiymatga – sof aktivlar miqdori ularning ustav kapitali miqdoridan kam boʻlsa.  

 

Past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan 295 ta sub’yektga nisbatan tugatish yoki bankrotlik jarayonlari qoʻzgʻatiladi. Ular orasida 3,05%dan 100%gacha davlat ishtirokiga ega 51 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (tugatish yoki bankrotlik jarayonida aniqlashtiriladi, tahr.) va respublika boʻyicha turli idoraviy boʻysunuvdagi 244 ta davlat unitar korхonasi bor.

 

Tegishli roʻyхatlarni hujjatga ilovadan topish mumkin. 1 noyabrga qadar vazirlik, idoralar va hududlar hokimiyatlari ushbu roʻyхatlarda idoraviy boʻysunuvidagi davlat korхonalari bor-yoʻqligini tekshirish uchun qoʻshimcha inventarizatsiya oʻtkazadilar va roʻyхatlarga kiritilgan korхonalar tugatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.