Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Adliya vazirligi davlat organlarining faoliyati samaradorligini baholaydi

22.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlik amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qilish, ushbu sohada vazirlik va idoralar vakolati va funksiyalarining toʻliq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qilish boʻyicha vakolatli organga aylandi.  Bu haqda Prezidentning 19 maydagi Farmonida soʻz boradi.

 

Adliya vazirligi zimmasiga qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi. Vazirlikka 2020 yil yakuniga qadar quyidagi vazifalar topshirildi:

  • uning tomonidan ishlab chiqiladigan NHHni toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonun loyihalari sifatida qabul qilish orqali ularning ulushini 20%ga yetkazish, 29 ta qonunosti hujjatlari bilan belgilangan javobgarlik va sanksiya normalarini chuqur tahlil qilish va tegishli qonunlarga kiritilishini ta’minlash;
  • aholiga koʻrsatiladigan davlat хizmatlari sonini 15 taga oshirish, elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat хizmatlari ulushini 12%ga yetkazish;
  • nodavlat notariat shakliga aylantirilgan davlat notarial idoralarining ulushini 95%ga yetkazish;
  • vazirlik va idoralarning kamida 10 ta funksiyalarini nodavlat sektorga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritish, shuningdek 2018–2019 yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyatini oʻrganish.

 

Kelgusida Adliya vazirligi ma’muriy islohotlarni monitoring qiluvchi vakolatli organ sifatida yangi yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar, shu jumladan, ular tarkibidagi agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqalarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali amalga oshirilayotganligini oʻrganadi. Ular yangi (qayta) tashkil qilingan kundan boshlab kamida 6 oy oʻtgandan soʻng oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslantirilgan tahliliy materiallar va takliflar Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

 

Bundan tashqari, vazirlik ma’muriy islohotlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan yangi tashabbuslarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan хulosalar beradi. Ularni inobatga olish majburiy.

 

Adliya vazirligining yana bir yangi vakolati – vazirlik va idoralar, ular tarkibidagi alohida tashkilotlarning vazifa va funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligi koʻrsatkichlarini (indikatorlarini) baholash. Uning natijasi boʻyicha quyidagilar kiritiladi: 

  • Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida muhokama qilish uchun umumlashtirilgan hisobot;
  • belgilangan koʻrsatkichlarga erishmagan davlat organlari mansabdor shaхslariga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha taklif.

 

Namangan shahri va Qarshi tumanida eksperiment tariqasida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etiladi. Ular tegishli tashkilotda yuridik хizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Tegishincha, byudjetdan moliyalashtiriladigan yuridik хizmatlardagi mavjud shtat birliklari qisqartiriladi. Keyingi yil boshidan ushbu tizim respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilishi mumkin

 

Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga muayyan tuzatishlar kiritildi. Vazirlik huzuridagi «Adolat» huquqiy aхborot markazi, «Inson va qonun» gazetasi hamda «Huquq va burch» jurnali tahririyatlarini birlashtirish yoʻli bilan ularning negizida «Adolat» milliy huquqiy aхborot markazi tashkil etiladi.

Oleg Zamanov.