Adliya vazirining "Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi roʻyхatdan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3588-son).
Advokatlik tuzilmasi rahbari statistik ma’lumotlarni "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali Advokatlar palatasining tegishli hududiy boʻlinmasiga taqdim etadi.
Bunda birinchi hisobot davri uchun ma’lumotlar 10 iyulgacha, ikkinchi davr uchun – 10 yanvargacha taqdim etiladi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar tizimda 15 yil saqlanadi.
Statistik hisobot shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 01.02.2025 yildan kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev