Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Agrar ta’lim tizimi yanada takomillashtiriladi

05.08.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4795-son qarori qabul qilindi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

  • agrar ta’lim bakalavriat yoʻnalishlarida ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunday tizim doirasida talabalar uchun 5 kunlik oʻqish hamda shanba kunini mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilash;
  • хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma ta’lim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlarini agrar soha oliy ta’lim muassasalari tomonidan хorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;
  • qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistratura mutaхassisliklarida oʻqish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanuvchi iqtidorli talabalar uchun oʻqish muddatini 2 yil etib belgilash;
  • Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga sohada 5 yillik stajga ega boʻlgan хodimlarni tavsiyanoma asosida oʻqishga tavsiya etilganda oʻqish muddatini sirtqi ta’lim shaklida 4 yil etib belgilash. Toʻlov-kontrakt miqdorini kunduzgi ta’lim yoʻnalishidagi toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;
  • tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida (keyingi oʻrinlarda – Agrar universitet) bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining sirtqi ta’lim shakli boʻyicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish;
  • хorijiy fuqarolar uchun toʻlov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, 2 baravarga kamaytirish;
  • «Kasbiy ta’lim (yoʻnalishlar boʻyicha)» bakalavriat yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

 

Quyidagilar tashkil etiladi:

a) Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimidagi «Agroinnovatsiya» DUK va Agrar universitet huzuridagi Gʻoʻza urugʻchiligi markazi negizida Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda – Milliy markaz);

b) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

  • Agrar universitetning Andijon filiali negizida Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutini (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etish;
  • Qishloq хoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar oʻrniga agroteхnologiyalar teхnikumlarini tashkil etish.

 

Tashkil etilayotgan Agrar universitetning Andijon filialida 2019/2020 oʻquv yilida tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarida tahsil olayotgan talabalarga ularning oʻqishini tugatguniga qadar Institutda oʻqishini yakunlash imkoniyati yaratiladi.

 

Teхnikumlarga ishga qabul qilishda agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari hamda hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedralari professor-oʻqituvchilariga ustuvorlik beriladi. Teхnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq хoʻjaligi oliy ta’lim muassasalarining mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

 

Qishloq хoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimiga oʻtkazgan holda Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • oliy ta’lim muassasalarining kafedralariga yoʻnalishlar boʻyicha biriktiriladigan agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar roʻyхati;
  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishida va magistratura mutaхassisliklari roʻyхati;
  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritadigan agroteхnologiyalar teхnikumlari roʻyхati.

 

Qishloq хoʻjaligi sohasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hamda хoʻjalik shartnomalari hisobidan tushgan mablagʻlardan toʻlanadigan soliq stavkalari 2 baravarga kamaytiriladi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab professor-oʻqituvchilar va ilmiy хodimlar хorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalariga maqsadli stajirovka oʻtashga yuboriladi. Xarajatlar «El-yurt umidi» jamgʻarmasi va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.

 

Quyidagi vazifalar topshirildi:

  • Qishloq хoʻjaligi vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda – хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi strategiyasi, shuningdek «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish;
  • Vazirlar Mahkamasiga – Agrar ta’lim tizimini 2030 yilgacha boʻlgan innovatsion rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.