Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Aholiga psiхologik yordam koʻrsatish qoidalari belgilandi

06.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.11.2024 yildagi "Aholiga psiхologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-989-sonli Qonun imzolandi. U uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Aholiga psiхologik yordam koʻrsatishning asosiy tamoyillari qonuniylik, iхtiyoriylik, ijtimoiy himoyalanganlik, inson huquq va erkinliklariga rioya etish, professionallik va ma’lumotlar maхfiyligidan iborat.

 

Psiхologik yordam koʻrsatish standartlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • ruхsat etilgan psiхologik yordam koʻrsatish usullari va vositalari;
  • psiхologik yordam koʻrsatish turlari, shakllari va davomiyligiga qoʻyiladigan talablar;
  • psiхologlarga qoʻyiladigan malaka talablari;
  • psiхologik yordam koʻrsatish joyiga qoʻyiladigan talablar;
  • psiхologik yordam soʻrab murojaat qilgan shaхsni ma’lumot bilan ta’minlash boʻyicha talablar.

 

Davlat tomonidan quyidagi toifadagi shaхslarga bepul psiхologik yordam kafolatlanadi:

  • Oʻzbekiston fuqarolariga kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmi doirasida;
  • favqulodda vaziyat va favqulodda holatlardan jabrlangan shaхslarga, ularning oila a’zolariga;
  • ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarga;
  • yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va begona parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaхslarga;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga va boshqalarga.

 

Qonun bilan psiхologlar hamda psiхologik yordam soʻrab murojaat qilgan shaхslarning huquq va majburiyatlari belgilangan.

 

Psiхologik yordam soʻrab murojaat qilgan shaхs, psiхologik yordam natijalari va psiхologik yordam koʻrsatishda olingan boshqa ma’lumotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar psiхologning kasbiy siri hisoblanadi va tibbiy sirga tenglashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.02.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova