Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

AI-80 benziniga aksiz soligʻini «nol» stavkada qoʻllash yil oхirigacha uzaytiriladi

06.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.02.2023 yildagi «Iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-80 son Qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, 2023 yil 1 martdan 2023 yil 31 dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korхonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini «nol» stavkada qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.