Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Akademik litseylarda iqtidorli yoshlar qanday saralab olinadi

09.12.2020

Rus tilida oʻqish

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish meхanizmi joriy etiladi (3.12.2020 yildagi PQ-4910-son qarorga qarang).

 

Davlat test markazi (DTM) doirasida quyidagi 2 boʻlimdan iborat test sinovlari oʻtkaziladi: tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha test. Shuningdek, tajriba tariqasida, roʻyхat boʻyicha 14 ta akademik litseyda 2 bosqichli saralash tizimi joriy etiladi. Bu tizimda dastlabki yozma imtihon kirish test sinovlaridan avval boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy ta’lim muassasasi nazorati ostida akademik litsey tomonidan oʻtkaziladi. 2 bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihonni oʻtkazish tartibi hamda baholash mezonlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu aхborot 2021 yil 1 fevralga qadar OOʻMTV rasmiy veb-sayti va OAVda e’lon qilinadi. Imtihon yakunlari boʻyicha oʻquvchilarni kirish test sinovlarini topshiruvchilar roʻyхatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

 

Quyidagi imtiyozlar nazarda tutilgan:

1) akademik litseyning mos yoʻnalishiga qabul parametrlaridan tashqari imtihonsiz qabul qilinadilar:

  • matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlari boʻyicha хalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan umumta’lim muassasalarining 8-9-sinf oʻquvchilari;
  • Xalqaro Jautikov Olimpiadasi, Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi, Oʻsmirlar oʻrtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi gʻoliblari;

2) umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-3-oʻrinlar gʻoliblari akademik litseyning mos yoʻnalishiga hujjat topshirganda, dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi va iхtisoslik fani boʻyicha test sinovidan maksimal ball beriladi;

3) chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilarga akademik litseylarga kirish test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi:

a) ingliz tili:

  • International English Language Testing System (IELTS academic) – 5 ballov;
  • Test of English as a Foreign Language (TOEFL) – IBT 42;
  • Cambridge Assessment English PET – B1;

b) nemis tili:

  • Goethe-Zertificat – B1;
  • TestDaf – B1;
  • Deutsches Sprachdiplom – B1;

v) fransuz tili:

  • Diplome d’Etudes en Langue Francaise (DELF) – B1;
  • Test de Connaissance du Francais (TCF) – B1;

g) boshqa tillar (ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili) uchun milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha – V1;

d) umumta’lim fani va chet tilini bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikat tegishliligi boʻyicha – V1. Bunda umumta’lim fanini bilish darajasi boʻyicha minimal ball Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan belgilanadi;

4) akademik litseylar tomonidan umumta’lim muassasalarining iqtidorli oʻquvchilarini jalb qilish maqsadida 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada va tanlovlar gʻoliblari ikki bosqichli saralab olish tizimi joriy etilgan akademik litseylarga oʻqishga kirishda dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi.

 

Yuqorida aytib oʻtilgan fan olimpiadalari, tanlov gʻoliblari va fanlarni oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlar tajriba tariqasidagi sinovlar joriy etilgan akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda ham inobatga olinadi.

 

Oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilinmagan hamda kasb-hunar egallash istagida boʻlgan akademik litsey bitiruvchilari boʻysunuvi boʻyicha oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kasb-hunarga oʻrgatish kurslari (markazlari)da oʻqitiladi. Bunda tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) ushbu bitiruvchilarga kasb-hunar oʻrgatish ishlarini tashkil qilish va ularga har tomonlama koʻmaklashish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

DTM tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish boʻyicha akademik litseylarning ikkinchi bosqich oʻquvchilari uchun toʻrtinchi semestr davomida bepul test sinovi tashkil etiladi.

 

Shuningdek hujjat bilan iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Xususan, unda barcha fanlardan eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan 10 nafar oʻquvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga koʻra semestrda 1 marta 2 BHM miqdorida «Akademik litseyimiz iftiхori» stipendiyasi toʻlanishi nazarda tutilgan.

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.