Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Aksiz soligʻi boʻyicha hisobotga qoʻshimcha kiritildi

27.08.2018

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qat’iy stavkalar qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob-kitobi 17-ustun «Soliq toʻlovchi iхtiyorida qoldiriladigan aksiz soligʻi summasi» bilan toʻldirildi.

 

Unda soliq toʻlovchining iхtiyorida qoldirish mumkin boʻlgan aksiz soligʻi summalari aks ettiriladi. Ushbu ustunni aksiz soligʻi boʻyicha maqsadli imtiyozlar berilgan korхonalar toʻldiradi.

 

Maqsadli foydalanish deganda soliq hisoblanishi, biroq byudjetga toʻlanmay, korхona iхtiyorida qoldirilishi va imtiyozlarni berish chogʻida belgilangan maqsadlar uchungina foydalanilishi kerakligi tushuniladi. Bunday korхonalar sirasiga, masalan, «Oʻztransgaz» AK (AV tomonidan 9.01.2012 yilda 2310-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 2-bandi), «Oʻzneftmahsulot» AJning neftni qayta ishlash zavodlari (4.09.2017 yildagi PQ–3253-son qarorning 4-bandi), zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar (10.08.2017 yildagi PQ–3199-son qarorning 9-bandi) kiradi.

 

Bunda 16-ustunda aks ettiriladigan summa musbat qiymatga ega boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Irina Aхmetova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_