Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Alkogol ishlab chiqaruvchilar spirtni qanday oladi

12.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Iste’mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 8.06.2019 yildagi 474-son qarori).

 

Taqsimlash tasdiqlangan ishlab chiqarish va sarflash parametrlari doirasida har chorakda amalga oshiriladi. Yillik iste’mol talabi 500 daldan oshmaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun spirt yilda 1 marta ajratiladi.

 

Algoritm quyidagicha. Ishlab chiqaruvchi ariza topshiradi, unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomi, ishlab chiqarish va spirtga boʻlgan ehtiyoj hajmlari koʻrsatiladi. Hujjat Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga (bundan keyin – Inspeksiya) joʻnatiladi.

 

Taqsimot hisobot choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin, oʻz faoliyatini hisobot choragi davomida boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun esa (taqsimlanmagan qoldiqlardan) ariza topshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida amalga oshiriladi. Dastlab arizada koʻrsatilgan ma’lumotlar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish boʻyicha litsenziya talablari va oʻtgan yilning mos davrida haqiqatda ishlab chiqarilgan hajm tahlil qilinib, oʻrganiladi. Shu sababli haqiqatda taqsimlangan hajm soʻralganidan farq qilishi mumkin.

 

Inspeksiya taqsimot haqidagi ma’lumotlarni spirt ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga hisobot choragi boshlanishidan 5 kun oldin taqdim etadi. Shu asosda alkogol ishlab chiqaruvchilar bilan choraklik (yillik) spirt oldi-sotdi shartnomalari tuziladi. 100 foiz oldindan toʻlov asosida sotiladi. 

 

Taqsimlangan hajmlar toʻliq, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish uchun zarur hajmda olinganda – chorak oхirigacha taqsimlangan hajmlardan ortiqcha spirt olish mumkin. Buning uchun ortiqcha spirt resurslariga ega boʻlgan istalgan spirt ishlab chiqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilib, Inspeksiya bu haqda 1 ish kuni mobaynida хabardor qilinadi.  

 

Joriy chorakda olinmagan, taqsimlangan va qoʻshimcha dekalitrlar keyingi chorakka oʻtkazilmaydi. Birinchi holatda ishlab chiqaruvchi joriy chorakda yuklab joʻnatilmagan hajm uchun oldindan toʻlangan toʻlovni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.