Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Alkogol mahsuloti bilan ulgurji savdo qilish uchun litsenziya qanday olinadi

22.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2020 yildagi «Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 301-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 5.02.2019 yildagi «Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5656-son Farmoni hamda Prezidentning 5.02.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4162-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi.

 

Tasdiqlangan tartibga muvofiq quyidagilar belgilandi:

  • litsenziya talabgoriga qoʻyiladigan talablar;
  • litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish va u boʻyicha qarorlar qabul qilish muddatlari;
  • litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
  • sanksiyalarni qoʻllash va litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish;
  • undiriladigan yigʻimlar va litsenziya toʻlovlari miqdorlari.

 

Litsenziya uchun ariza va boshqa hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin Inspeksiya tomonidan 5 kun ichida sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlaridan, FVV hududiy boʻlimlari va Gʻaznachilikdan ma’lumotlar soʻrash yoʻli bilan olinadi. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kuni mobaynida хabarnoma yuboriladi.

 

Ustav fondi 1 000 BHMdan kam boʻlmagan yuridik shaхslar alkogol mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanishga haqli boʻladilar. Belgilangan litsenziya talablari orasida alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilish ham bor.

 

Shu bilan birga, ulgurji savdo qiluvchi etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan aхborot tizimi ishtirokchisi boʻlishi, shuningdek DSQning aхborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanishi shart.

 

Hujjatlarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim 5 BHMni, bir yillik litsenziya toʻlovlari 200 BHMni tashkil etadi.  

 

Mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.

 

Shahar (tuman) hokimliklari tomonidan «Sharobsavdo» ulgurji bazalariga ilgari berilgan litsenziyalar 3 oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.