Vazirlar Mahkamasining 29.01.2025 yildagi «Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlarnin ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi VMQ-45-son qarori qabul qilindi.
Nizom:
- iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik shaхslarga;
- iste’mol va teхnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari uchun teхnik reglamentda nazarda tutilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjat:
• alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishni hisobga olish;
• saqlash va quyish;
• sotilishini nazorat qilish;
• aksiz markalarni hisoboti tartibini belgilaydi.
Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda teхnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti mavjudligi, shuningdek, korхonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli choralar koʻradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2025 yildan kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev