20 martdan boshlab Oʻzbekistonda alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar oshirildi.
Yangi narхlar Moliya vazirligi va DSQning qoʻshma qarori bilan tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3288, 20.03.2021 y.).
1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar quyidagilarni tashkil etadi:
- vino – 11 200 / 13 200 soʻm (ilgari 9 400 / 11 200 soʻm);
- konyak – 41 200 / 49 400 soʻm (ilgari 33 000 / 39 000 soʻm);
- aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – 28 600 / 34 400 soʻm (ilgari 24 000 / 28 500 soʻm).
Alkogol mahsulotlari narхlari oʻtgan yilning oktyabr oyida oshirilgan edi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.