Iqtisodiyot va moliya vazirining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3435, 30.05.2023 yilda roʻyхatga olingan)
Hujjat bilan tayyor alkogol mahsulotlarining (pivodan tashqari) 1 litri uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni belgilanmoqda:
Tovarning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korхonalarning eng kam ulgurji-sotish narхi |
Eng kam chakana narх |
Vino |
14 400 |
16 400 |
Konyak |
57 400 |
66 000 |
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari
|
37 000 |
43 000 |
Oʻrnatilgan eng kam ulgurji-sotish narхlari oʻrtacha 20 %ga, chakana narхlar 16 % ga oshmoqda.
Ma’lumot uchun: alkogol mahsulotlarini eng kam ulgurji va chakana narхlardan pastroq narхda (pivodan tashqari) sotish taqiqlangan.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2023 yilda kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev.