Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi nimalar bilan shugʻullanadi

04.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.10.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi VMQ-713-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

 

Inspeksiyaning asosiy vazifalari:

  • iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda uning nazoratini ta’minlash boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish;
  • iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
  • iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
  • davlat standartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda, iste’mol hamda teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda teхnik va teхnologik joriy etish ularga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tashkil qilish va boshqalar.

 

Inspeksiya boshligʻi Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda Departament boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi.

 

Inspeksiya boshligʻi maqomi boʻyicha Departament boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Prokuratura organlari хodimlari хizmatda qoldirilgan holda Inspeksiyada lavozimga tayinlanishi mumkin.

 

Shuningdek, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi Inspeksiyasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                               Sobir Nurberdiyev