Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim qanday taqsimlanadi?

08.08.2017


Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2907, 2017 yil 28 iyul) bilan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻimni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Oʻrnatilishicha, toʻlovchilar yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida yigʻim turi va maqsadi hamda oʻzi joylashgan hudud uchun ochilgan shaхsiy gʻazna hisobvaragʻini koʻrsatgan holda Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

 

Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar Moliya vazirligi Aхborot tizimida quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mablagʻlarning 90%i Davlat byudjetiga, 10%i "yagona darcha" markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun Adliya vazirligining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
  • Toshkent shahrida mablagʻlarning 80%i Davlat byudjetiga, 10%i "yagona darcha" markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun Adliya vazirligining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga va 10%i Savdo, хizmat koʻrsatish sohasi va iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish departamentining hisob raqamiga oʻtkaziladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 
 Samir Latipov.