Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

A’lochi bitiruvchilar medallar bilan taqdirlanadi

27.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2019 yildagi 154-son qarori bilan umumta’lim va iхtisoslashtirilgan maktablar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlandi. 

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 14.08.2018 yildagi PQ–3907-son qarorida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab a’lo bilim uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta’sis etish nazarda tutilgan. Medallarni olish shartlari va mezonlari loyiha bosqichida muhokama qilingan va oʻzgartirishlarsiz qabul qilingan. Shu bilan birga loyihada taklif etilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish chogʻida medallar sohiblariga beriladigan imtiyozlar hujjatning tasdiqlangan tahririda oʻz aksini topmagan.  

 

Umumta’lim, shuningdek iхtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat, sport yoʻnalishidagi maktab-internatlar, akademik litseylar bitiruvchilari medallarga da’vogarlik qilishlari mumkin.

 

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari har yili 10 iyungacha bitiruvchilarning sinf jurnallari va baholar tabellarini oʻrganadi, medallar bilan taqdirlashga munosib boʻlganlarning roʻyхatini shakllantiradi va uni pedagogik kengashga taqdim etadi. Pedagogik kengash da’vogarlarga belgilangan talablar asosida 14 iyungacha qaror qabul qiladi. 

 

Medallar bitiruvchilarning ota-onalari, hokimiyatlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi. Medallar sohiblarining roʻyхatlari Xalq ta’limi vazirligi va boshqa soha vazirliklari e’tiboriga yetkaziladi va ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.

 

Hujjatda ta’lim muassasalarining medallarga buyurtmalarni shakllantirish, shuningdek ularni tayyorlash («Davlat belgisi» DIChB zimmasiga yuklatilgan) tartibi ham belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.