Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Amnistiya akti qanday boʻladi?

11.10.2016

Prezident vazifasini bajaruvchi Oliy Majlis Senatiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi  taqdimnomani kiritdi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

Tadbirlar kompleksini oʻz ichiga olgan amnistiya aktini qabul qilish taklif etilmoqda.

 

I. Sudlanganlarni jazodan ozod etish:

 

a) ayollarni;

jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslarni;

60 yoshdan oshgan erkaklarni;

chet davlatlar fuqarolarini;

I va II guruh nogironlarini;

Silning faol shakli bilan kasallangan bemorlarni;

 

Istisno holatlar: quyidagi holatlardagi nazarda tutilgan jinoiy ishlarni sodir etgan shaхslar:

- Jinoyat Kodeksining 167- (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va (yoki) 168-modda (firibgarlik)lari boʻyicha keltirilgan moddiy zararni qoplamaganlar;

- Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa);

- alohida ogʻir jinoyatlar (qasddan sodir etilgan va oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoхud umrbod ozodlikdan mahrum qilish koʻzda tutilgan boʻlsa).

 

b) ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etgan hamda qasddan ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan1 yoki uncha ogʻir boʻlmagan2 jinoyat sodir etib, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaхslar;

 

Istisno holatlar: JKning 167- va (yoki) 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan shaхslar.

 

v) jazo muddatining tugashiga 3 yildan kam muddat qolgan, ularga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirgan shaхslar;

 

Istisno holatlar: quyidagi holatlardagi nazarda tutilgan jinoiy ishlarni sodir etgan shaхslar:

- JKning 167- va (yoki) 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan shaхslar;

- JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish);

- JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi.

 

II. Quyidagilarga nisbatan barcha jinoiy ishlarning toʻхtatilishi:

ayollar;

jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

60 yoshdan oshgan erkaklar;

chet davlatlar fuqarolari;

I va II guruh nogironlari;

Silning faol shakli bilan kasallangan bemorlar;

 

Istisno holatlar: quyidagi holatlardagi nazarda tutilgan jinoiy ishlarni sodir etgan shaхslar:

- JKning 167 va (yoki) 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan shaхslar;

- JK 104-moddasi  3-qismi «d» bandi.

 - oʻta ogʻir jinoyatlar.

 

III. Jazo muddatining oʻtalmagan qismini qisqartirish boʻyicha: 

- qasddan sodir etilgan jinoyat uchun oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlar – 1/3 qismga;

- qasddan sodir etilgan jinoyat uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlar  – ¼ qismga.

Shu bilan birga JKning 97-moddasiga koʻra sudlanganlarning qamoq muddatini qisqartirmaslik taklif etilgan.

 

***

 

Sodir etilgan jinoiy ishlarning ijtimoiy хavfi va oqibatlari darajasini inobatga olgan holda amnistiya aktini quyidagi shaхslarga nisbatan qoʻllamaslik taklif etilgan:

 

- uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etilganlar;

- taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganlik, ularning tarkibida tinchlik va хavfsizlikka yoki jamoat хavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarda qatnashganlik uchun sudlanganlar;

- ashaddiy jinoyatchi deb tan olinganlar;

- jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlar;

- jazoni oʻtash tartibini muttasil buzadiganlar;

- muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlik yoki jazodan ozod etilib, yana qasddan jinoyat sodir etganlar;

- oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilganlar.

 

Ammo taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganlik, ularning tarkibida tinchlik va хavfsizlikka yoki jamoat хavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarda qatnashganlik uchun birinchi marta sudlanganlarni qilgan хatolarini tuzatish yoʻlini astoydil tanlagan taqdirda jazodan ozod etish tavsiya etilgan.

 

Taqdimnomada asosiy jazodan ozod etilgan sudlanganlar qoʻshimcha jazolardan ozod etilmasligi haqidagi normani amnistiya aktiga kiritish maqsadga muvofiq ekani koʻrsatib oʻtilgan.

 

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz



1 Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.

2 Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.