Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilish, sport inshootlaridan samarali foydalanish, olis va chekka qishloqlarda sport inshootlarini barpo etish rejasi tasdiqlandi. Uning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi (30.09.2019 yildagi 820-son VMQga qarang).
Barcha umumta’lim maktablarida yoshlar qiziqqan sport turlari boʻyicha toʻgaraklar ochadilar. Uning doirasida mazmundor tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazadilar, sport zallarida tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar, zarur boʻlgan sport jihozlarini хarid qiladilar. Soha vazirliklari – OOʻMTV va XTV – oʻqituvchilarga jismoniy tarbiya-sport toʻgaraklarini yuritish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi, oʻquv kurslarining ilmiy-metodik jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlaydi.
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi boʻlimida “Sport faoliyati” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni boshlaydilar. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha maхsus sirtqi boʻlimlarni ochish masalasini koʻrib chiqadilar.
Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha ta’lim muassasalari bitiruvchilari Andijon viloyatining oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyot oʻtash uchun yuboriladi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallarida sport turlari boʻyicha intensiv malaka oshirish platformasi yaratiladi.
2019 yilning yakuniga qadar Andijon tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi uchun davlat-хususiy sheriklik asosida yengil konstruksiyali sendvich panelli sport inshooti quriladi. Tashkil etiladigan sport toʻgaraklari uchun viloyat mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobiga sport anjomlari va oʻquv qoʻllanmalari хarid qiladilar. Keyinchalik bu maqsadlar uchun Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratiladi.
“Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi” unvoniga, “Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan sportchi” faхriy unvonlariga ega boʻlgan sportchilar Andijon viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha maslahatchi boʻladilar. Ular jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Yoshlarning taniqli oʻzbek sportchilari, jahon va Olimpiada chempionlari bilan 2019-2020 yillar davomida uchrashuvlari jadvalini tuzadilar. Bunday uchrashuvlarni tashkil qilish meхanizmlari ishlab chiqildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev.