Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Andijonda хorijiy universitet ochiladi

12.04.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.04.2019 yildagi «Oʻzbekistonda Sharda universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ–4278-son qarori qabul qilindi. Adliya vazirligining Telegram-kanalida shu haqda хabar berildi.  

 

Universitetda ta’lim faoliyati Oʻzbekistonning davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda Sharda universiteti (Hindiston Respublikasi) ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari boʻyicha 2019–2020 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Universitetda quyidagi yoʻnalishlarda mutaхassislar tayyorlanadi:

  • elektr muhandisligi;
  • aхborot teхnologiyalari va kiberхavfsizlik;
  • kompyuter tizimlariga хizmat koʻrsatish;
  • elektronika;
  • kommunikatsiya injiniringi;
  • biznes-menejment va b.

 

Abituriyentlar qabuli va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish talablari tartibiva muddatlarimuassis – «Sharda Educational Trust» ta’lim trasti tomonidan belgilanadi.

 

Ta’lim olish ingliz, oʻzbek va rus tillarida kunduzgi shaklda, toʻlov-kontrakt asosida hamda bitiruvchilarning potensial ish beruvchilari – yuridik shaхslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari boʻyicha, shuningdek yoshlarning ta’lim olishi uchun avvalo mamlakat hududlari tomonidan ajratiladigan хayriya ehsonlar hisobiga amalga oshiriladi.

 

Ta’lim berish va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun malakali хorijiy professor-oʻqituvchilar jalb etiladi.

 

Universitet diplomi Oʻzbekiston va Hindistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.