Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«Angren» EIZ kengaytiriladi

27.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 525-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, «Angren» EIZ 2012 yilda Angren, Ohangaron shaharlari va ular oʻrtasidagi uchastkada joylashgan hududda tashkil etilgan. Hukumat zarur hollarda uning tarkibiga kiruvchi hudud va chegaralarni oʻzgartirishga haqli.

 

Erkin iqtisodiy zona hududi Toshkent viloyati Bekobod shahrining qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qoʻshish hisobiga kengaytiriladi. Birlashtirilayotgan hududning bosh rejasi 2 oy muddatda ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek Toshkent viloyati hokimligi «Angren» EIZda amalga oshirish uchun umumiy qiymati 24,5 mln AQSh dollarilik istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqdi. Toshkent viloyatidagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi loyihalarni birlashtirilayotgan hududda joylashtirish yuzasidan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi istiqbolli loyihalarning biznes-rejalari tezkor tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini va TIAni ta’minlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.