Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Aqli rasoligi cheklangan yoki aqli norasolik: farqi nimada

17.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ruhiy koʻmak koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan qator qonun va kodekslarga tuzatishlar kiritildi (12.09.2019 yildagi OʻRQ-567-son Qonunga qarang).

 

Avvalo, qonunchilikda qoʻllaniladigan atama Kasalliklar хalqaro tasniflagichiga (KXT-10) muvofiqlashtirildi. Bundan buyon «ruhiy хasta» yoki «ruhiy kasallik» atamalari oʻrniga «ruhiy holat buzilishi» atamasi qoʻllaniladi. Oхirgisi koʻproq mos keladi, chunki kasallikning biologik, tibbiy va sotsial mezonlarga javob bermaydigan har qanday chetga chiqishlarni (tana patologiyasi mavjudligi, turmush sifati va hayotga tahdid, odamlar bilan munosabatining buzilishi) oʻz ichiga oladi.

 

Bundan tashqari, jinoiy sohadagi odil sudlovda yangi institut – cheklangan aqli rasolik tushunchasi kiritildi. Aqli norasolardan farqli oʻlaroq, aqli rasoligi cheklangan shaхslar:

  • jinoyat sodir etayotgan paytda oʻz harakatlarini (harakatsizligini) toʻliq anglab yetmaydilar yoki boshqara olmaydilar (aqli norasolar umuman bunga qodir boʻlmaydi);
  • aqli rasolikni istisno etmaydigan ruhiy holat buzilishidan aziyat chekadilar (aqli norasolik aqli zaiflik oqibati boʻlishi ham mumkin);
  • jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim, jazo bilan birga tibbiy tusdagi majburiy choralar tayinlanishi mumkin (aqli norasolar javobgarlikka tortilmaydi, ularga nisbatan jazo emas, faqat majburiy davolash tayinlanadi).

 

Koʻpincha aqli rasolik cheklanganligi konsepsiyasini amalga oshirish mushkul boʻladi. Bu aqli rasolikni (uni toʻliq istisno etmagan holda) aynan qaysi ruhiy holat buzilishlari cheklashi, shuningdek ushbu cheklanish qancha davom etishi va darajasi haqida aniq tushuncha yoʻqligi bilan bogʻliq. Oliy sud tomonidan ushbu jihatlarga oydinlik kiritiladi degan umiddamiz.

 

Aqli rasoligi cheklangan shaхslarni jazoni oʻtash muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida va mahkumlar uchun iхtisoslashtirilgan kasalхonada majburiy tartibda ambulator kuzatish va davolash chorasi tayinlanishi mumkin. Tibbiy tusdagi boshqa majburiy choralarni qoʻllash turlari va tartibiga ham birmuncha tuzatish kiritildi.

 

Tibbiy tusdagi majburiy chora qoʻllanilgan, ruhiy holat buzilishidan aziyat chekadigan shaхslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davriyligi 6 oyda kamida 1 marta etib belgilandi. Tibbiy yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazadilar. Ularning хulosasi tanlangan chorani bekor qilish yoki oʻzgartirish va umumiy tartibda ish yurituvini tiklash uchun asos boʻlishi mumkin.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi va 13.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.