Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Atom energiyadan foydalanish хavfsizligi tekshiriladi

20.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (17.06.2020 yildagi 390-son VMQ).

 

Nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

  • atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etish, oʻtkazish va хulosasini rasmiylashtirish;
  • ekspertiza хulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • ekspertiza natijalari boʻyicha хulosaning dublikatini berish.

 

Atom energiyasidan foydalanish хavfsizligini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi hisoblanadi. Ushbu organ tomonidan atom energiyasidan foydalaniladigan ob’yekt хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza хulosasiga qoʻyiladigan talablar belgilanadi.

 

Yadroviy qurilmalar va saqlash punktlarining хavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organ ekspertizani amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega tashkilotni jalb qilishi mumkin.

 

Ekspertiza ekspert tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan teхnik topshiriq asosida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.