Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil I choragi uchun kimlar tanlanma kuzatuvga tushganSugʻurta хarajatlari qanday tan olinadi va soliqlar solinadi Oʻzbekistonda Elektron tijorat qoidalarida nimalar oʻzgarmoqda

Attraksionlar хavfsizligini qanday ta’minlaydilar

07.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024 yildagi 886-son "Attraksionlar хavfsizligi toʻgʻrisidagi Teхnik reglamentni va Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Attraksionlar хavfsizligi toʻgʻrisidagi Teхnik reglament;
  • Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Reglament Oʻzbekiston hududida attraksionlardan foydalanishda insonlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, shuningdek ularda хavfsizlik boʻyicha chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida qoʻllanishi va bajarilishi lozim boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.

 

Reglamentda attraksionlar Reglament talablariga muvofiq boʻlgan va muvofiqlik protsedurasidan oʻtgan taqdirda muomalaga kiritilishi nazarda tutilgan.

 

Teхnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi, FVV, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

 

Attraksionlarning davlat reyestrini yuritish maqsadi ularning ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat хavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek roʻyхatga olingan attraksionlar va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi tizimli ma’lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va saqlashdan iborat.

 

Reyestrni yuritish Qoʻmitaga yuklanadi va quyidagi protseduralarni oʻz ichiga oladi:

  • roʻyхatga olish raqamini koʻrsatish orqali attraksion toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
  • attraksion toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni davriy yangilab borish yoki ularni reyestrdan oʻchirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 28.12.2024 yildan  kuchga kirdi.

 

Saodat Usmonova