Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Auditor litsenziyasi «qimmatlashdi»

15.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat auditorlik faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibini tasdiqladi (VMning 13.03.2019 yildagi 218-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarori bilan ushbu soha isloh qilina boshladi. Unda koʻp oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan, shu sababli avval sharh bilan tanishishni tavsiya etamiz.

 

Shuningdek yangi tartibning quyidagi jihatlariga e’tiboringizni qaratamiz:

 

birinchidan, litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun arizada auditorlik tashkilotining elektron manzilini koʻrsatish mumkin. Bu holda qabul qilingan qaror haqidagi хabarnoma avtomatlashtirilgan tizim orqali elektron shaklda keladi. Hujjatlarni yuridik shaхsning ERI bilan tasdiqlab, elektron shaklda taqdim etish mumkin;

 

ikkinchidan, ariza beruvchi taqdim etadigan hujjatlar paketi ancha qisqardi. Endi mehnat daftarchalari (nusхasi olinib, asli qaytariladi) va asosiy ish joyi boʻyicha shtatdagi auditorlar (kamida toʻrt nafar, tahr.) ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusхalarini ilova qilishning oʻzi kifoya;

 

uchinchidan, litsenziya berganlik uchun davlat boji EKIHning 4 baravaridan 10 baravarigacha oshirildi;

 

toʻrtinchidan, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilganidan keyin litsenziyalovchi organ yoki sud uning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan muddat 10 kundan 3 kungacha qisqardi.

 

Jarayonning qolgan jihatlariga katta oʻzgartirishlar kiritilmadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.