Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Avgust oyining birinchi yakshanbasi – Temiryoʻlchilar kuni

21.12.2017

 

20.12.2017 yildagi OʻRQ-449-sonOʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisidagi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2.08.2017 yildagi PF-5128-son Farmoni bilan avgust oyining birinchi yakshanbasi, shu yildan boshlab, Temir yoʻl transporti хodimlari kuni deb e’lon qilingan. Shu hujjat bilan Hukumatga tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish va Oliy Majlisga kiritish topshirilgandi.

 

Shu tariqa, avgust oyining birinchi yakshanbasi har yili mamlakatda temir yoʻl tarmogʻi vakillarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Bu qonun bilan koʻzda tutilgan.

 

Qonun 21.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin vaqtda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.