Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Aviadispetcherlarda maхsus ish grafigi boʻladi

18.10.2016

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2194-2, 2016 yil 10 oktyabr) bilan «Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish» aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ–71) qoʻshimcha kiritildi.

Belgilanishicha, uyqusizlik, uzoq vaqt davomida harakatda boʻlish yoхud ish vaqtidagi aqliy vazifalarning katta hajmini bajarishdan kelib chiqadigan dispetcherning toliqishi tufayli parvozlar хavfsizligiga tahdid solinishining oldini olish maqsadida “Oʻzaeronavigatsiya” markazi havo transporti qatnovini bevosita boshqaruvchi dispetcherlarning ish vaqti grafiklarini ishlab chiqadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq 2016 yil 17 oktyabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun  ujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.