Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Avtomobil yoʻllarini qurish va ta’mirlash tashkilotlari tashkil etiladi

14.03.2016

Vazirlar Mahkamasining 25.02.2016 yildagi 52-son Qarori bilan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash boʻyicha pudrat faoliyatini yuritish uchun MChJ shaklida pudrat qurilish tashkilotlari tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

 

Tashkil etilgan pudrat qurilish tashkilotlari oʻz faoliyatini umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturlari hisobga olingan holda tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar. «Transyoʻlqurilish kompaniyasi» davlat unitar korхonasi ularning muassisi hisoblanadi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va «zavtoyoʻl» AKga Kompaniyaning murojaatiga binoan kompaniyaning yangidan tashkil etiladigan pudrat qurilish tashkilotlarining haq undirmasdan tegishli ishlab chiqarish bazalarida (zarur muhandislik kommunikatsiyalariga, shuningdek temir yoʻl tarmogʻiga ulagan holda) joylashtirilishini ta’minlash topshirildi.

 

«Transyoʻlqurilish kompaniyasi» DUK ijro etuvchi apparatining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi. Kompaniya direktoriga, zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi taqdim etildi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.