Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Avtomobilda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari ochiq tenderlar yakunlari boʻyicha taqsimlanadi

13.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 6.12.2021 yildagi «Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 738-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 24.08.2020 yildagi «Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchilarni tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron aхborot tizimi (keyingi oʻrinlardaelektron aхborot tizimi) ishlab chiqilgan va ushbu tizim Toshkent shahrida test rejimida ishga tushirilgan.

 

Hujjatga muvofiq elektron aхborot tizimi 2022 yil 1 yanvardan 1 martga qadar test rejimida joriy etiladi va 2022 yil 1 martdan toʻliq ishga tushiriladi.

 

2022 yil 1 martdan boshlab shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron aхborot tizimi orqali oʻtkaziladi.

 

Tenderda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda elektron aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar qatnashadilar.

 

Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlari;
  • tender takliflarining tarkibiga qoʻyiladigan talablar, takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash mezonlari;
  • ochiq tender gʻolibini aniqlash, ochiq tender gʻolibi bilan shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi.

 

Nizom 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

Transport vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va 2022 yil 1 iyulga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Nargiza Vohidova.