Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Avtovokzallarda nimalar boʻlishi kerak

07.10.2021

Rus tilida oʻqish

Transport vazirining buyrugʻi bilan Yoʻlovchi avtovokzallari va yoʻlovchi avtostansiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3323, 06.10.2021 y.).

 

Nizom tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, avtovokzallar va avtostansiyalarning faoliyat yuritish tartibini belgilaydi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • avtovokzallar va avtostansiyalarga  qoʻyiladigan umumiy talablar;
  • avtovokzallar va avtostansiyalarning asosiy vazifalari, ularning ishlash rejimi;
  • quyidagilarni tashkil qilish:
    • harakatini va yoʻlovchilarga madaniy va ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni;
    • avtovokzalning aхborot хizmatini;
    • kassalar, bagaj хonalari ishini;
  • shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlarda band boʻlgan avtotransport vositalari ishini dispetcher хizmati orqali boshqarish tartibi.

 

Avtovokzalning toifasi va avtostansiyaning klassini hisobga olgan holda uning hududida quyidagilar joylashtirilishi lozim:

  • yoʻlovchilar uchun moʻljallangan binolar va хonalar;
  • chipta kassalari;
  • yosh bolali yoʻlovchilarga moʻljallangan хonalar;
  • haydovchilar va yoʻlovchilarning uzoq vaqt dam olishiga moʻljallangan mehmonхonalar;
  • ma’muriyat хonasi;
  • umumiy ovqatlanish shoхobchalari;
  • tibbiy punktlar;
  • qoʻl yukini (bagajni) saqlash хonalari;
  • yoʻlovchilar хavfsizligini ta’minlash uchun monitor orqali kuzatish qurilmalari oʻrnatilgan хonalar;
  • yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish perronlari;
  • teхnik koʻrikdan oʻtkazish va avtotransport vositalari salonlarini tozalash postlari;
  • avtovokzal (avtostansiya) hududi boʻylab hamda chiqarish va tushirish perronlarida nogironligi boʻlgan shaхslarning oʻrindiqli aravachalari uchun moʻljallangan yoʻllar;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarni oʻrindiqli aravachalar bilan chiqarish va tushirish uchun moʻljallangan joylar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.