Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ayrim hududlarni rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi

19.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining quyidagilar belgilangan qarorlari qabul qilindi:

  • 2021-2023 yillarda Buхoro viloyatining Peshku tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 72-son VMQ);
  • 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 73-son VMQ);
  • 2021-2023 yillarda Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlari markazlarini obodonlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 74-son VMQ).

 

Hujjat bilan mazkur hududlarni tegishli kompleks rivojlantirish dasturlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхatlari, aholi turmush tarzini yaхshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash chora-tadbirlari, turizmni rivojlantirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

Quyidagilar dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • sanoat va хizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish;
  • aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlarni faol jalb etish orqali qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
  • hududlar, yoʻllar va koʻchalarni obodonlashtirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2021 yildan kuchga kirdi.